31 Yanvar 2022 yil 473

Qoʻqon shahrida sariq metaldan yasalgan taqinchoqni tilla deb aldab sotgan ayol fosh boʻldi

Qoʻqon shahri. 2021-yilning 28-dekabr kuni Shoxidon koʻchasida yashovchi N.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 16-noyabr kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga kelib uni ishonchiga kirib, tilla-taqinchoqlarni sotishini aytib, undan jami 4.100.000 soʻm olib tilla deb sariq metaldan yasalgan taqinchoqlarni berib, aldab pullarni qoʻlga kiritganligini bildirgan .

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Q.Z ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech