10 Iyun 2023 yil 357

Qoʻqon shahrida “Samsung A-23” rusumli telefon apparatini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxs qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahar. Fuqaro A.S IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 01-may kuni noma’lum shaxs telefon savdo doʻkoniga xaridor sifatida kirib, undan narxi 2.500.000 soʻmlik “Samsung A-23” rusumli telefon apparatini goʻyoki sotib olish maqsadida uni doʻkon tashqarisida kutib turgan onasiga koʻrsatib kelishini aytib, aldab, ishonchiga kirib, telefon apparatini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni A.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech