16 Noyabr 2022 yil 259

Qoʻqon shahrida qarovsiz qoldirilgan telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi

Qoʻqon shahar. X.R IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 09-oktabr kuni noma’lum shaxs shaharda joylashgan savdo kompleksidagi savdo rastasi ustida qarovsiz qoldirilgan X.R.ning narxi 2.500.000 soʻmlik “Red Mi NOT-10” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan M.B sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech