Qoʻqon shahrida qarovsiz qoldirilgan sumkadan pullarni oʻgʻirlagan ayol fosh boʻldi
Qoʻqon shahri. 21-sentabr kuni Buvayda tumanida yashovchi R.R. ismli ayol IIB ga murojaat qilib, unda noma’lum shaxs savdo majmuasida rasta ustida qarovsiz qoldirgan ayollar sumkasida boʻlgan 500.000 soʻm pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, xodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.U. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib tergov xarakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati