15 Yanvar 2022 yil 447

Qoʻqon shahrida qarovsiz qoldirilgan ichida 15.000.000 soʻmlik tilla-taqinchoqlar boʻlgan sumkani oʻgʻirlagan ayol fosh boʻldi

Qoʻqon shahri. 06-yanvar kuni Yu.S IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs Shoxruxobod koʻchasida joylashgan savdo majmuasida joylashgan oshxonada stol ustida qarovsiz qoldirgan ayollar sumkasi va ichida boʻlgan narxi 15.000.000 soʻmlik tilla- taqinchoqlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Yu.A ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech