6 Aprel 2023 yil 386

Qoʼqon shahrida qarovsiz qoldirilgan ichida telefon va boshqa buyumlar boʼlgan kurtkani oʼgʼirlagan shaxs aniqlandi

Qoʼqon shahar. 2023 yilning 26 yanvarь kuni fuqaro M.O IIBga murojaat qilib, unda shu kuni Bodomzor koʼchasida joylashgan masjidining taxoratxonasiga kirib, kiyim ilish uchun moʼljallangan joyga egnidagi qora rangli kurtkasini ilib qoʼyib, oʼzi esa ichkari xonaga taxorat olish uchun kirib ketgan vaqtda, nomaʼlum shaxs fuqaro M.O.ning kurtkasini choʼntagida boʼlgan narxi 2.000.000 soʼmlik «RedMi 10-Pro» rusumli uyali telefon apparatini, 2 dona «Аgrobank» plastik kartochkasini va 1 dona avtomashina pulti bilan kurtkasini yashirin ravishda oʼgʼirlab olib, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʼqon shahar IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan R.D sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.

Bu bilan oʼgʼirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʼshgan boʼlasiz.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech