Qoʻqon shahrida pullarni aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxs javobgarlikka tortildi
Qoʻqon shahar. Fuqaro N.U IIBga murojaat qilib, unda 2021 yilning 24-dekabr kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, telegram ijtimoiy tarmogʻidagi kanal orqali “Webmoney” elektron koshelogiga 1400 AQSH dollarlik elektron pul tushirib berishligini aytib, uni tegishli bank orqali plastik kartochkasiga 800 AQSH dollari va 6.300.000 soʻm pullarni oʻtkazganidan soʻng, elektron pullarni uning hisobiga tushirib bermasdan, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati