17 Noyabr 2022 yil 460

Qoʻqon shahrida pullarini oʻgʻirlatgan ayol IIBga murojaat qildi

Qoʻqon shahar. Fuqaro I.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 06-noyabr kuni noma’lum shaxs Navbahor koʻchasida joylashgan savdo kompleksi hududida joylashgan oshxonadagi stol ustida qarovsiz qolgan ayollar sumkasida boʻlgan 3.000.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni R.S. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech