Qoʻqon shahrida pullarini mayda kupyuradagi pullarga ayriboshlamoqchi boʻlgan fuqaro aldanib IIBga murojaat qildi
31-oktyabr kuni X.M. IIBga murojaat qilib, unda 2020-yilning 15-oktyabr kuni nomaʼlum shaxs Navbahor koʻchasida joylashgan savdo bozorida ishonchiga kirib, 5.500.000 soʻm pullarni mayda kupyuradagi pullarga ayriboshlab berishga kelishib, bergan vaʼdasini bajarmasdan 2.000.000 pullarni 5.500.000 soʻm ekanligini aytib berib, aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan 3.500.000 soʻm pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni T.A. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati