14 Dekabr 2022 yil 235

Qoʻqon shahrida pullarini ayriboshlamoqchi boʻlgan ayol firibgarga duch keldi

Qoʻqon shahar.J.D ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 17-sentabr kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, 100 AQSH dollarini 1.100.000 soʻmga ayriboshlab berishligini aytib, kelishilgan puldan sezdirmasdan 350.000 soʻm kam berib, aldov yoʻli bilan 100 AQSH dollarini qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Gʻ.S sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech