12 Oktyabr 2022 yil
512
Qoʻqon shahrida pullarini ayirboshlamoqchi boʻlgan ayol pullariga aldandi
Qoʻqon shahar.2022-yilning 22-sentabr kuni A.Ismoilov koʻchasida yashovchi M.F Farobiy koʻchasida joylashgan savdo kompleksida S.M ismli ayolning 100 AQSH dollari pullarini ayirboshlab berishini aytib, 1.100.000 soʻm pullardan 400.000 soʻmini olib qolib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati