Qoʻqon shahrida pul va uyali telefon apparati solingan sumkani oʻgʻirlagan ayol qoʻlga tushdi
Qoʻqon shaxri. 26-aprel kuni R.X ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 26-aprel kuni noma’lum shaxs savdo kompleksidagi savdo rastasi ustida qarovsiz qoldirilgan oʻziga tegishli 20.000.000 soʻm pullari va 1.000.000 soʻmlik “Samsung J 2” rusumli uyali telefon apparati solingan sumkasini yashirin ravishda oʻgʻirlaganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni R.M ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati