4 Fevral 2023 yil 419

Qoʻqon shahrida pul ayri boshlamoqchi boʻlgan ayol firibgarga duch keldi

Qoʻqon shahar. A.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022 yil 20 dekabr kuni nomaʼlum shaxs Navbahor koʻchasida 5.000 rubl pulini ayri boshlayotgan vaqtida 300.000 soʻm pullarini oʻzida olib qolib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni R.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech