31 May 2023 yil 378

Plastik kartadan aldov yoʻli bilan pul yechib olgan shaxs qoʻlga olindi

Qoʻqon shahar. X.O IIBga murojaat qilib, unda 14-aprel kuni noma’lum shaxs telegeramm ijtimoiy tarmogʻi orqali, X.O ishonchiga kirib, tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasining xos raqamini qoʻlga kiritib, plastik kartasi hisobida boʻlgan 1.000.000 soʻm pullarini aldov yoʻli bilan yechib olganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.A sodir etganligi aniqlanib, tergov haraktlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech