Qo'qon shahrida plastik karta hisobiga aldov yo'li bilan 10.000.000 so'm pullarni o'tkazib olgan shaxs qo'lga olindi
Qo'qon shahri. 2021 yil 2 dekabr kuni R.A IIBga murojaat qilib, unda 2021 yilning 04 oktabr kuni noma'lum shaxs telegram ijtimoiy tarmog'i oqali ishonchiga kirib, internet o'yini kodini tashlab berishi aytib, plastik kartasiga jami 10.000.000 so'm pullarni o'tkazib olib, bergan va'dasini bajarmasdan aldov yo'li bilan pullarni qo'lga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo'qon shahar IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.SH sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini esdan chiqarmang.
Yuqorida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati