5 Noyabr 2021 yil 368

Qoʻqon shahrida oziq-ovqat savdo doʻkonidan pul va uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahri. 31-oktabr kuni fuqaro X.A IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs A.Navoiy koʻchasida joylashgan oziq-ovqat savdo doʻkoniga deraza oynasini sindirish yoʻli bilan gʻayriqonuniy ravishda kirib, 5.500.000 soʻm pullari va narxi 500.000 soʻmlik “RedMI 4” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.O sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech