19 Iyul 2023 yil
443
Qoʻqon shahrida oʻzini shubxali tutgan voyaga yetmagan shaxsning yonidan giyohvandlik moddasini aniqlandi
Qoʻqon shahar. 2023-yilning 30-iyun kuni shahar IIB TQX JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Charxiy koʻchasida oʻzini shubxali tarzda tutgan voyaga yetmagan F.Z.ni yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, “Gashish” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati