1 Iyul 2023 yil 738

Qoʻqon shahrida oʻquv markaziga oʻgʻirlikka tushgan voyaga yetmagan shaxslar aniqlandi

Qoʻqon shahar. Q.Sh IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 24-iyun kunidan 25-iyun kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Qoʻqon shahrida joylashgan oʻquv markazi binosiga gʻayriqonuniy ravishda qirib, binoda boʻlgan jami narxi 14.500.000 soʻmlik 3 dona narxi 11.000.000 soʻmlik “Lenovo” rusumli noutbuklar, narxi 3.300.000 soʻmlik “Аrtel” rusumli televizor, narxi 200.000 soʻmlik 1 dona drel uskunasini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (Oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan O.S., Q.S va Oʻ.S.lar sodir sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech