3 Dekabr 2022 yil 402

Qoʻqon shahrida “opiy” giyohvandlik moddasi sotgan shaxs qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahar.2022-yilning 25-noyabr kuni Fargʻona viloyati IIB TEQKB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, M.R Yangichorsu koʻchasida joylashgan xususiy klinikasi oldida “Opiy” giyohvandlik vositasini 230.000 soʻmga sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech