Qoʻqon shahrida ona va qizlari ogʻu sotayotganida qoʻlga tushdi
Qoʻqon shahar.2022-yilning19-mart kuni Fargʻona viloyati IIB JQB, Ikkinchi mintaqaviy xudud JQB, TVBSO hamda Qoʻqon shahar IIO FMB JQB tezkor xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir davomida, Bogʻi Bannon koʻchasida yashovchi Ya.Z. ismli ayol va ushbu xonadonda yashovchi qizlari Oʻ.N va Z.Ya “gashish” giyohvandlik moddasini 15 ta 5 litr xajmdagi yogʻ evaziga sotgan vaqtda xolislar ishtirokida daliliy ashyolar bilan qoʻlga olindi.
Holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati