Qoʻqon shahrida “ogʻufurush” qoʻlga olindi
Qoʻqon shahri. 21-dekabr kuni VIIB TEQKB va shahar IIO FMB JQB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Maxram 1-tor koʻchasida yashovchi X.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, kelgusida sotish maqsadida “gashish” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, dalililiy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati