Qoʻqon shahrida “ogʻufurush qoʻlga tushdi
Qoʻqon shahar.2022-yilning 23-noyabr kuni shahar IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, S.R A.T.Hoʻqandiy mavzesida joylashgan tibbiyot birlashmasi orqa tomonida gashish giyohvandlik vositasini 200.000 soʻmga sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati