Qoʻqon shahrida “ogʻufurush”лар qoʻlga olindi
Qoʻqon shahar. 2022-yilning 17-dekabr kuni Qoʻqon shahar IIB TQX TQKB hodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, Q.M va J.M.lar bir guruh boʻlgan holda Navbahor koʻchasida jami 450.000 soʻm pullar evaziga bir dona kassetada boʻlgan jami 14 dona “Regapen 300 mg” va 1 dona kassetada boʻlgan 10 dona “Tramadol Lannaxer 50 mg” yozuvli giyohvandlik dori vositasini sotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, maxsus xaridordan giyohvandlik dori vositalari ashyoviy dalil tariqasida olinib, Q.M.ning yashash xonadoni yotoqxonasi koʻzdan kechirilganda 5 dona “Tramadol Lannaxer 50 mg” dori vositasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, Q.M va J.M.lar protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati