6 Aprel 2023 yil 359

Qoʼqon shahrida “ogʼufurushlar” qoʼlga tushdi

Qoʼqon shahar. 27 mart kuni shahar IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, Аvgʼonbogʼ koʼchasida А.O va D.E oʼzaro oldindan jinoiy til biriktirib, qonunga xilof ravishda 1.000.000 evaziga 3,20 gramm gashish giyohvandlik vositasini sotayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Qoʼqon shahar IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi koʼzgʼatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni isteʼmol qilish sogʼligʼingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʼlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʼtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech