17 Mart 2023 yil 365

Qo'qon shahrida og'ufurush qo'lga olindi

Qo'qon shahar. 2023 yilning 14 mart kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, Q.P Zarbdor ko'chasida 200.000 so'm evaziga “gashish” giyohvandlik moddalarini sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qo'qon shahar IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-modda 5-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, prosessual tartibda ushlandi.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini isteʻmol qilish sog'lig'ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini esdan chiqarmang.

Eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech