29 Aprel 2023 yil 394

Qoʻqon shahrida “ogʻu” ni pullagan shaxs qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahar. 2023-yilning 24-aprel kuni shahar IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, F.Ayniy koʻchasida yashovchi, I.D yashash xonadoni oldida 460.000 soʻm evaziga “gashish” giyohvandlik moddalarini sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech