5 May 2022 yil 474

Qo'qon shahrida o'g'irlikka qo'l urgan ayol qo'lga tushdi

Qo'qon shahar.17 aprelь kuni Q.O' ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda noma'lum shaxs Navbahor ko'chasida joylashgan savdo majmuasida rasta ustida qarovsiz qoldirgan narxi 2.500.000 so'mlik “RedMi” rusumli uyali telefonini o'g'irlab ketganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo'qon shahar IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni N.N ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Hurmatli fuqarolar, o'z mol-mulkingiz, pul mablag'laringizni ehtiyot qiling! Bu bilan o'g'irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo'shgan bo'lasiz.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech