26 Aprel 2022 yil 407

Qoʻqon shahrida oʻgʻirlikka qoʻl urgan ayol aniqlandi

Qoʻqon shahar. Yangi-bogʻ MFY hududida yashovchi fuqaro N.D ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 18-aprel kunidan 19-aprel kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib yotoqxonasida boʻlgan sandiq ichidan jami narxi 15.000.000 soʻmlik 2 dona tilla sirgʻasi, 2 dona tilla uzugi va 1 dona tilla zanjirini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni E.N ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech