Qoʻqon shahrida oʻgʻirlik jinoyatini sodir qilgan shaxs qoʻlga tushdi
Qoʻqon shahri. 30-iyun kuni P.X IIBga murojaat qilib, unda 26-iyun kuni noma’lum shaxs Furqat koʻchasida joylashgan dehqon bozorida stol ustida qarovsiz qoldirgan narxi 1.200.000 soʻmlik “Samsung J 2” rusumli telefon apparatini oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.V sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati