Qoʻqon shahrida “Matiz” rusumli avtomashinasidagi yoʻlovchi “gashish” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlandi
Qoʻqon shahri. 03-sentabr kuni shahar IIO FMB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Turkiston koʻchasida yoʻl chetida turgan haydovchi M.Sh boshqaruvida boʻlgan “Matiz” rusumli avtomashina xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, avtomashinada yoʻlovchi sifatida oʻtirgan A.A “gashish” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati