Qoʻqon shahrida “Маtiz” rusumli avtomashina haydovchisi yonida “gashish” giyohvandlik moddasi saqlaganligi aniqlandi
Qoʻqon shahri. 07-oktabr kuni viloyat IIB PPX JTSB 2-batalon xodimlari tomonidan xizmat olib borish davomida, Hoʻqandiy mavzesida joylashgan koʻp qavatli uyni oldida toʻxtab turgan “Matiz” rusumli avtomashina haydovchisi A.J.ning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati