Qoʻqon shahrida “marixuana” saqlagan shaxs aniqlandi
Qoʻqon shahar.2022-yilning 14-oktabr kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Shaldiramoq koʻchasida yashovchi I.U.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, oshxonasidan “Marixuana” giyohvandlik moddasiga oʻxshash moddalarni saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati