16 May 2023 yil 364

Qoʻqon shahrida "MAN" rusumli yuk mashinasidan 5.000.000 soʻmlik “dizel” yoqilgʻisini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahar. Toshloq koʻchasida yashovchi O.J IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 14-noyabr kunidan 15-noyabr kuniga oʻtar kechasi, noma’lum shaxs yashash xonadoni oldida qarovsiz qoldirilgan "MAN" rusumli yuk mashinasi yoqilgʻi quyish bakini ichida boʻlgan jami 5.000.000 soʻmlik “dizel” yoqilgʻisini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.N sodir etganligi ma’lum qilingan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech