16 Iyun 2023 yil 223

Qoʻqon shahrida “Lasetti” rusumli avtomashinasi salonidan pul oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahar. Fuqaro M.M IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 30-may kuni noma’lum shaxs Maxam koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uy oldida qarovsiz qoldirilgan “Lasetti” rusumli avtomashinasi salonidan 16.500.000 soʻm miqdoridagi pullaridan 2.200.000 soʻmini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan Z.F sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib bormoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech