11 Aprel 2023 yil 364

Qo‘qon shahrida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan ayollar ushlandi

Qo‘qon шаҳар.2023 yil 06 mart kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, А.Навоий mavzesida yashovchi Х.М va З.К ismli ayollar 2 dona flakondagi “Tropikamid 10 ml” va 6 dona “Regapen 300 mg” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 350.000 so‘m pullar evaziga sotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.

Tezkor tadbir davomida, fuqaro Х.М o‘zining yashash xonadonida 250 dona flakonda “Tropikamid 10 ml” va 41 dona kasetada jami 572 dona “Regapen 300 mg” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini saqlab kelayotganligi, К.З o‘zining yonida 17 dona yelim idishdagi “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi hamda 125-dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasiga o‘xshash dori vositalarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harkatlari olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech