24 Avgust 2021 yil 617

Qoʻqon shahrida joylashgan koʻp qavatli uylardan imtiyozli kredit asosida xonadon sotib olmoqchi boʻlgan shaxs pullariga chuv tushdi

Qoʻqon shahri. 2020-yilning oktabr oyida Sh.K X.Q.ning ishonchiga kirib, yangi qurilayotgan Turkiston koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uydan imtiyozli kredit asosida xonadon sotib olib berishini aytib, 9.600 AQSH dollar pullarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech