Qoʻqon shahrida kissavurga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Qoʻqon shahar. M.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 16 dekabr kuni nomaʼlum shaxs shaharda joylashgan savdo kompleksiga xarid uchun kelgan vaqtda egnidagi kiyimining choʻntagida boʻlgan narxi 2.000.000 soʻmlik “RED MI 9A” rusumli telefon apparatini kissavurlik yoʻli bilan yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati