27 May 2022 yil 263

Qoʻqon shahrida kissavur ayol qoʻlga olindi

Qoʻqon shahri.14-may kuni J.A ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs, Navbahor koʻchasida joylashgan savdo kompleksida sumkasi ichida boʻlgan 1.700.000 soʻm pullarini oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Shahar IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.I ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech