4 Mart 2023 yil 393

Qo'qon shahrida kissavurlik ayol aniqlandi

Qo'qon shahar. F.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 05 noyabr kuni nomaʻlum shaxs Farobiy ko'chasida joylashgan savdo bozoriga harid uchun kelgan vaqtida ko'lidagi sumkasining ichida bo'lgan 950.000 so'm pullarni kissavurlik yo'li bilan yashirin ravishda o'g'irlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo'qon shahar IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o'g'irlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni S.M ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olmib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, o'z mol-mulkingiz, pul mablag'laringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan o'g'irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo'shgan bo'lasiz.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech