26 May 2022 yil 400

Qoʻqon shahrida joylashgan savdo kompleksida uyali telefonini oʻgʻirlatgan ayol IIBga murojaat qildi

Qoʻqon shahar.X.G ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 15-may kuni noma’lum shaxs, Navbahor koʻchasida joylashgan savdo kompleksiga xarid uchun kelgan vaqtida ayollar sumkasidan narxi 2.000.000 soʻmlik “САМСУНГ A8” rusumli uyali telefon apparatini kissavurlik yoʻli bilan oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Shahar IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.Z ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech