Qoʻqon shahrida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida kunduzgi va tungi profilaktik tadbirlar olib borilmoqda
Jinoyat va huquqbuzarliklar salmogʻining ortishi, hududdagi kreminogen vaziyat barqarorligini izdan chiqarib jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir koʻrsatadi.
IIV ning tegishli topshirigʻiga asosan vazirlik, ichki ishlar boshqarmasi hamda Milliy gvardiya rahbariyati boshchiligida shaharda ishchi guruh tashkil qilindi. Endilikda ishchi guruhi tomonidan Qoʻqon shahri hududida kunduzgi va tungi profilaktik tadbirlari muntazam tashkil etiladi.
Kecha tashkil qilingan ana shunday tungi yoʻriqnoma jarayonida rahbariyat tomonidan IIO hamda Milliy gvardiya xodimlariga mazkur tadbirlar mazmun-mohiyati va maqsadi haqida tushunchalar berilib, oldinda turgan vazifalar yetkazilib, xizmatga chiqarildi.
Ma’lumot oʻrnida aytish lozimki, mazkur tezkor profilaktik tadbirlar Qoʻqon shahrida tunu kun tashkil etiladi. Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda kriminogen vaziyatni ijobiy tomonaga oʻzgartirish boʻyicha lozim boʻlgan chora-tadbirlar amalga oshirib boriladi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati