14 Mart 2023 yil 482

Qo'qon shahrida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan tezkor-profiktik tadbirlar davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, Ichki ishlar vazirligining tegishli topshirig'i hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'ining farmoyishi bilan maxsus ishchi guruhi tuzilib, Qo'qon shahrida jinoyat va huquqbuzarliklarining barvaqt olini olish, kriminogen vaziyat barqarorligini taʻminlashga qaratilgan kunduzgi va tungi reyd tadbirlari muntazam tashkil etilmoqda.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan muvofiqlashtirib borilayotgan tadbirlar taʻsirchanligi va samaradorligini oshirish maqsadida aniq yo'nalishlar belgilab olingan.

Jumladan, tadbirlar doirasida YPX xodimlari tomonidan shahar hududida yo'l-transport hodisalarining oldini olish, haydovchilik madaniyatini targ'ib qilish maqsadida muntazam reydlar tashkil etilyapti.

Kecha amalga oshirilgan tadbirlar davomida 200 ta qo'pol qoidabuzarliklar, 1 ta mast holatda transport vositasi boshqarish, 22 ta svetofor va chorrahadan o'tish qoidasini buzish, 28 ta odam tashish qoidasini buzish, 89 ta transportni hujjatsiz boshqarish, 3 ta oynalar tusini rusxatsiz o'zgartirish, 9 ta davlat raqam belgisini o'zboshimchalik bilan echib olish, 91 ta boshqa qoida buzarliklar aniqlanib, 134 ta avtotransport vositasi vaqtinchalik jarima maydoniga olib kirildi.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech