14 May 2022 yil 506

Qoʻqon shahrida jamoat joyida spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda nooʻrin xatti-harakat sodir qilgan shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi

Qoʻqon shahri. Joriy yilning 14-may kuni viloyat IIBning “102” qisqa raqamiga kelib tushgan xabarga koʻra shu kuni soat 15:20 larda 1966-yilda tugʻilgan fuqaro G.O spirtli ichimlik ta’sirida mast va yalangʻoch holda Yangi Chorsu koʻchasida yurganligi aniqlanib, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan narkalogiya dispanseriga joylashtirilgan.

Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech