Qoʻqon shahrida internet ijtimoiy tarmogʻi orqali chuv tushgan ayol IIBga murojaat qildi
Qoʻqon shahar. Y.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 12-aprel kuni noma’lum shaxs uning ishonchiga kirib, “OLX” internet ijtimoiy tarmogʻi orqali sotuvga qoʻygan mahsulotini sotib olishligini va pullarini plastik kartasiga oʻtkazishligini aytib, tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasini maxfiy kodini qoʻlga kiritib, plastik kartasi hisobida boʻlgan 2 651 654 soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan o'zlashtirganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni U.A sodir etganligi aniqlanib, sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.