Qoʻqon shahrida internet ijtimoiy tarmoq orqali fuqaro firibgarga aldandi
Qoʻqon shahar. Ya.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 15-aprel kuni noma’lum shaxs telegram kanali orqali, ishonchiga kirib unga “Open Budget” loyihasi uchun ovoz toʻplab berishligini aytib tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasi xos raqamini qoʻlga kiritib, plastik kartasi hisobida boʻlgan 2.820.000 soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan yechib olganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni R.M ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harkatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati