Qoʻqon shahrida ijtimoiy tarmoq orqali skuter sotib olmoqchi boʻlgan ayol pullariga aldandi
Qoʻqon shahar.Oʻ.G ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil 04-noyabr kuni noma’lum shaxs telegramm ijtimoiy tarmogʻida sotuvga qoʻyilgan 3.600.000 soʻmlik “Skuter”ni sotib olishini pulini plastik kartasiga oʻtkazib berishini aytib, tergovga qadar tekshiruv harakatlarida aniqlashni imkoni boʻlmagan plastik kartasiga, oldindan 600.000 soʻm pullarni oʻtkazib berganidan soʻng telegramm kanalini bloklab qoʻyib pullarni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni B.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati