9 Mart 2023 yil 360

Qo'qon shahrida gumonlanuvchining yonidan gashish giyohvandlik vositasi topildi

Qo'qon shahar. 2023 yil 21 fevral kuni Qo'qon shahar IIB hodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, Turon ko'chasida turgan YU.M.ning yoni xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganda, uning cho'ntagidan gashish giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qo'qon shahar IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech