15 May 2023 yil 354

Qoʻqon shahrida gumon qilingan shaxsning yonidan gashish giyohvandlik moddasi topildi

Qoʻqon shahar. 2023-yil 03-may kuni Fargʻona viloyati ikkinchi mintaqaviy hudud PPX xodimlari tomonidan Xoʻqandiy mavzesidagi koʻp qavatli uyning oldida huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan “Tigʻ” tadbiri oʻtkazish davomida M.A giyohvandlik vositasi saqlashda gumon qilinib, yoni koʻzdan kechirilganida, uning egnidagi qora rangli kurtkasining oʻng yon choʻntagidan gashish giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech