Qoʻqon shahrida goʻsht mahsulotlarini xarid qilib pullarini bermagan shaxs javobgarlikka tortildi
Qoʻqon shahri. 19-avgust kuni Beruniy koʻchasida joylashgan bozorda goʻsht mahsulotlari bilan oldi-sotdisi bilan shugʻullanuvchi fuqaro Yu.Oʻ IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 28-iyun kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan jami narhi 35.392.000 soʻmlik 296 kg goʻsht mahsulotlarini olib ketib, pullarini 2-3 kun muddat ichida olib kelib berishini aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan goʻsht mahsulotlarini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Yu.M sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati