20 Sentyabr 2022 yil 384

Qoʻqon shahrida giyohvandlik vositalarini saqlab kelgan yana bir shaxs aniqlandi

Qoʻqon shahar.15-sentabr kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, M.Sh.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, yashash xonadoni uyidan tselofan paketda boʻlgan maydalangan holatdagi “koʻknori somoni” va yotoqxonasidan 25 dona “Regapen” nomli giyohvandlik dori vositalari borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech